Toqayev Nazarboyevga aloqador Qozogʻiston Markaziy saylov komissiyasi raisini ishdan oldi
Foto: Коммерсантъ
Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Berik Imashevni mamlakat Markaziy saylov komissiyasi raisi lavozimidan ozod qildi.
Manbaga koʻra, bu davlat rahbarining tegishli farmoni bilan amalga oshirilgan. Prezidentning boshqa bir farmoni bilan Nurlan Abdirov Markaziy saylov komissiyasi raisi etib tayinlangan.
Imashev mamlakat sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning toʻngʻich qizi Darigʻa Nazarboyevaning qudasi. Yaʼni, uning qizi Aida Nazarboyeva xonimning oʻgʻli Nurali Aliyevning rafiqasi hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring