Toʻpponcha, ov uchun foydalaniladigan gilzalar fosh etildi
Oʻzbekiston Respublikasining qurol toʻgʻrisidagi qonuniga muvofiq fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini davlatimiz hududiga olib kirish, olib chiqish va tranzitini amalga oshirish qilish tegishli organlar ruxsatnomalariga koʻra amalga oshiriladi. Ammo qurol va oʻqlarni yurtimizga olib kirishda bojxona xodimlari tomonidan fosh etilmoqda.
"Yallama” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvida kirib kelgan “Hyundai” rusumli boʻlgan yuk avtotransport vositasini bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, yoʻl yuk-kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, 100 dona ov uchun foydalaniladigan gilzalar aniqlandi.
Yana bir holatda, “Oybek” chegara bojxona posti orqali yurtimizga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning qoʻl yuklari bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, shaxsiy buyumlari orasida 1 (bir) dona “GLETCHER GP K100” toʻpponcha, 148 dona poʻlatdan tayyorlangan oʻqlari hamda 4 dona toʻpponcha uchun gazballon borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring