Tomorqa — qut-baraka manbai
Foto: Халқ сўзи
Andijon viloyatida har bir qarich yerdan unumli foydalanishning oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Shahrixon tumanining “Yuzlar” mahallasida istiqomat qiluvchi Anvarjon Matisaqov ana shu maktab peshqadamlaridan biri, desak mubolagʻa boʻlmaydi. 25 yildan buyon issiqxonasida bir yilda 4-martagacha hosil olayotgan mirishkorning shu kunlarda ishi avj pallada.
— Shu kunlarda xaridorlarga koʻchat yetkazib berishni boshladik, — deydi tomorqa egasi. — Buning uchun 8 sotix maydondagi issiqxonadan unumli foydalanmoqdamiz. Hozirda pomidor, bodring, bulgʻor qalampiri, baqlajon, karam va achchiq qalampir koʻchatlari ekishga shay holatda. Nihollardan boʻshagan maydonda bodring bilan pomidor ekamiz. Shu tariqa yil davomida tomorqa ishlari bilan bandmiz.
500 ming tup koʻchatni sotuvga tayyorlab qoʻygan Anvarjon aka har yili oʻrtacha 100 million soʻm sof daromad topishi tomorqaning chindan ham qut-baraka manbai ekanini tasdiqlaydi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring