Tomorqa moʻjizasi: eplagan ikki oshar

20:47 08 Aprel 2022 Jamiyat
817 0

Foto: Халқ сўзи

Fargʻona viloyati Beshariq tumani “Ariqboshi” MFYda yashovchi Sharifjon Kenjayevlar oilasi mirishkor tomorqachilar sirasiga kiradi. Xonadondagi 6 sotixli issiqxona va ochiq maydondan yilning toʻrt faslida ham daromad kelib turadi. Tomorqada turli koʻkatlar, limon, mandarin, qulupnay, kartoshka, sabzi, qovun, tarvuz singari oʻn turda mahsulotlar yetishtiriladi.

— Oʻtgan yili issiqxonada qovun va tarvuz yetishtirish tajribasi yaxshi natija berdi, — deydi Sharifjon Kenjayev. — Yaqin kunlarda obinovvot qovunlari hosilga kiradi. Ikki yuz tup qovunning har biridan 4 tadan hosil olsak, 800 dona obinovvot oʻrtacha 15 million soʻm daromad keltiradi. Bundan tashqari Jizzax viloyatida qovun yetishtirish orqali oilamizning dehqonchilikdan oladigan yillik daromadimi 100 million soʻmdan kam boʻlmaydi.

Eʼtiborlisi, shu kunlarda ushbu oila gulchilik tarmogʻini ham yoʻlga qoʻyish harakatida bir yillik va koʻp yillik xaridorgir navlarni yetishtirish tajribasini oʻrganmoqda.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер