Tolibonning giyohvand moddalarni taqiqlashi terrorchilarni moliyalashtirishdan mahrum qiladi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Irgashevning taʼkidlashicha, koʻknori ishlab chiqarish va savdosini taqiqlash Afgʻonistonda ushbu muammoga barham berish, shuningdek, mintaqa davlatlarining barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashdagi asosiy vazifalardan biridir.
“Tolibonning giyohvand moddalarni taqiqlashi terrorchilarni moliyalashtirishdan mahrum qiladi”, — deydi Irgashev.
Uning qoʻshimcha qilishicha, bugungi kunda dunyodagi barcha giyohvand moddalarning 80 foizidan ortigʻi Afgʻonistonda ishlab chiqariladi va bu koʻpchilik afgʻonlar uchun oilasini boqishning asosiy yoʻli. Biroq mazkur taqiq ularni boshqa ekinlar, xususan, guruch, bugʻdoy, meva-sabzavot va poliz ekinlari yetishtirishga majbur qiladi.
“Rasmiy Toshkent xuddi shu tarzda Tolibon boshqa sohalardagi majburiyatlarini ham amaliy bajarishga kirishadi, deb hisoblaydi. Jumladan, qizlarni maktabga qaytarish”, — degan u.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring