“Tolibon” Kobuldagi tarixiy kinoteatr faoliyatini toʻxtatdi 

01:25 12 Noyabr 2021 Dunyo
1473 0

Foto: AP

“Tolibon” harakati Afgʻoniston poytaxti Kobuldagi bir necha oʻn yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan «Ariana» kinoteatrini yopib qoʻydi. 

“Associated Press” xabariga koʻra, shahardagi boshqa kinoteatrlar ham xuddi shunday taqdirga duch kelgan.

«Ariana»da Hindiston va Amerika jangovar filmlarni namoyish qilingan. “Tolibon” buni shariat qonunlariga zid, degan xulosaga kelgan va keyinchalik kinoteatr diniy targʻibot uchun qayta ochilishini maʼlum qilgan. 

Teatr xodimlari «Ariana» qayta ochilish umidida ishlashda davom etmoqda. Ularning fikricha, endi bu yerda koʻngilochar filmlarni namoyish etishga ruxsat berilmaydi.

“Kino juda muhim, usiz mamlakatda madaniyat boʻlmaydi. Filmlar orqali biz boshqa davlatlar — Amerika, Yevropa, Hindistonni koʻrishimiz mumkin edi”, deydi jurnalistlar bilan suhbatda «Ariana» xodimlaridan biri.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер