“Tolibon” xotin-qizlarning taʼlim olishi taqiqlanganini rad etdi

23:00 26 Dekabr 2022 Dunyo
2563 0

Foto: Reuters

Afgʻoniston Bosh vaziri oʻrinbosari Mavlaviy Abdul Kabir (“Tolibon” tomonidan tayinlangan)ning aytishicha, hukumatning ayollarning taʼlim olishiga eʼtirozi yoʻq.

Afgʻoniston xususiy universitetlari assotsiatsiyasi bilan uchrashuvda Kabir bunday taqiq borligini rad etdi va “Tolibon” imkon qadar tezroq taʼlimni toʻxtatib qoʻyishga chek qoʻyishni xohlayotganini aytdi.

22-dekabr kuni “Tolibon” Afgʻonistonda ayollarning taʼlim olishini butunlay taqiqlashga chaqirgani xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, mamlakatda ayollarning sport zallariga borishi taqiqlangan.

Keyinroq Eronning oila va ayollar masalalari boʻyicha vitse-prezidenti Ensiye Xazaliy mamlakat afgʻon ayollariga universitetda taʼlim olishda yordam bermoqchi ekanini bildirgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер