“Tolibon” kelishi bilan yuzlab afgʻonlar OAV xodimi sifatida mamlakatni tark etgan

00:43 11 Noyabr 2021 Dunyo
972 0

Foto: Reuters

“Tolibon” harakati Afgʻonistonda hokimiyatni qoʻlga olgach, yuzlab afgʻon fuqarolari jurnalistlar maqomida mamlakatni tark etgan. Bu haqda Afgʻoniston jurnalistlar milliy uyushmasiga tayanib “Khaama Press” agentligi xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Gʻarb qoʻshinlarini evakuatsiya qilish chogʻida OAVga aloqasi boʻlmagan qator tashkilotlar jurnalist niqobi ostida oʻz xodimlarini, shuningdek, ularning yaqinlari va yaqinlarini ham roʻyxatga kiritgan. Bu afgʻonlarga tezda kerakli hujjatlarni olish va mamlakatni tark etish imkonini bergan.

Uyushma rahbari Masr Lutfiyning aytishicha, baʼzi ommaviy axborot vositalari jurnalistlar akkreditatsiyasini qora bozorda ham sotgan. Uning soʻzlariga koʻra, hozir yuzlab haqiqiy OAV xodimlari Afgʻonistonda qolmoqda. Ularning moliyaviy ahvol juda ogʻir va hech qanday yordam berilmayapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер