“Tolibon” harakati afgʻonlarning Kobul aeroportiga kirishiga toʻsqinlik qilmoqda — OAV
Foto: AP
“Tolibon” harakati afgʻonistonliklarning poytaxt aeroportiga kirishiga toʻsqinlik qilmoqda.
“Tolibon” Kobul aeroportiga boruvchi yoʻllarni toʻsib qoʻydi», deyiladi «Al-Arabiya» telekanali xabarida.
Manbaga koʻra, bu orqali “Tolibon” fuqarolarga poytaxt aeroportiga kirishga ruxsat bermayapti.
“Tolibon” 15-avgust kuni butun Afgʻoniston hududi ustidan nazoratni eʼlon qildi. Mamlakatda boshqaruv oʻzgarganidan keyin mamlakatni tark etmoqchi boʻlgan odamlar oqimi ortdi. Natijada Kobul aeroportida betartibliklar kuzatildi.
Gʻarb OAV amerikalik harbiylar tartibni saqlash uchun havoga oʻq uzganini xabar qildi. Internetda, shuningdek, aeroportga yetib kela olmagan ayollar oʻz farzandlarini evakuatsiya qilish uchun Amerika harbiylariga topshirgani tasvirlangan lavhalar ham tarqaldi.
Oʻz navbatida, “Sputnik” radiosi AQSHning Kobuldagi elchixonasi aeroportga borishda xavf borligi ogohlantirgani haqida xabar tarqatdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring