“Tolibon” amnistiyadan keyin 500 nafarga yaqin odamni oʻgʻirlagan yoki qatl qilgan — NYT

15:39 13 Aprel 2022 Dunyo
1272 0

Foto: Reuters

“Tolibon” harakati Afgʻonistonning avvalgi hukumati bilan avval hamkorlik qilgan odamlarni qidirish kampaniyasini boshlaganidan keyin jami 500 ga yaqin afgʻon askari, rasmiylari va tinch aholi vakillari bedarak yoʻqolgan yoki qatl etilgan. Bunday xulosaga “The New York Times” oʻz tekshiruvi asosida kelgan.

Nashr toliblar sobiq davlat xizmatchilari va milliy xavfsizlik kuchlari xodimlariga amnistiya vaʼda qilganiga eʼtibor qaratib, bir qator hollarda bu vaʼdalar buzilgani qayd etdi.

“Harakat yetakchilari umumiy amnistiya eʼlon qilib, ularga qarshi chiqqanlarga rahm-shafqat koʻrsatishlarini taʼkidladilar. Hatto sobiq raqiblardan oʻch olmasliklari haqida kafolat xatlarini ham yozilgan edi”, deyiladi manbada.

“Tolibon” 2021-yilning 15-avgust kuni Afgʻonistonda toʻliq nazorat oʻrnatganini eʼlon qilgan edi. Keyinchalik muvaqqat hukumat tuzilgani maʼlum qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер