Tolibon Afgʻoniston hududidan Termiz oʻqqa tutilgani haqidagi xabarni rad etdi

16:37 20 Aprel 2022 Siyosat
2272 0

Bu haqda “Tolibon” TIV rasmiy vakili Abdul-Qahar Balxiy maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, afgʻon-oʻzbek chegarasida vaziyat barqaror, xavotirga oʻrin yoʻq.

Shu bilan birga, Afgʻoniston tomoni barcha qoʻshnilari oldidagi masʼuliyatli hukumat sifatida Afgʻoniston chegaralari ustidan nazoratni taʼminlash va kimdir tomonidan xavfsizlik buzilishiga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini yana bir bor tasdiqladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Afgʻoniston hududidan raketa otilgani haqidagi maʼlumot Oʻzbekiston tomonidan ham rad etilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер