Toʻlangan keshbeklar 602 milliard soʻmdan oshdi
Foto: Arxiv surat
Oktyabr oyi uchun 1 201 152 nafar isteʼmolchiga 82,2 mlrd soʻm keshbek toʻlandi.
Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida – yanvar-sentyabr oylari uchun yana 1,5 mlrd soʻm keshbek tasdiqlandi.
Yil boshidan buyon 1 506 906 nafar fuqaro 602,9 mlrd soʻm keshbek oldi.
Foydalanuvchi shaxsini aniqlash va xavfsizlik maqsadida 500 000 soʻmdan ortiq keshbek mablagʻlarini bank kartasiga oʻtkazishda Face ID (avtorizatsiya)dan oʻtish talab etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring