Toyloqda zamonaviy mehmonxona foydalanishga topshirildi (Fotoreportaj)

00:24 01 Oktyabr 2021 Iqtisodiyot
1748 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Uni qurilishiga tadbirkor Jamshed Rashidov tomonidan 3,8 milliard soʻm mablagʻ sarflandi.

— Toyloqda turizmni rivojlantirish, sayyoh va mehmonlar uchun qulaylik yaratish maqsadida mazkur mehmonxonani qurishga bel bogʻlagan edim, — deydi tadbirkor Jamshed Rashidov. — Uni «Milano garden plaza» deb nomladik. Bino 4 qavatdan iborat boʻlib 25 oʻringa moʻljallangan. Mehmonxonamizda 11 ta yotoqxona, 1 ta restoran 1 ta bar hamda choʻmilish maskani oʻrin olgan. 11 sotix maydonda bunyod etilgan inshoot jahon andozalari darajasida jihozlangan, zamonaviy isitish va sovitish tizimlari oʻrnatilgan. Mehmonxona ish boshlashi bilan 5 kishining bandligi taʼminlandi.

Mehmonxonaning ochilish marosimida tuman hokimi B. Bobonazarov, 2-sektor rahbari A. Saypiddinov, tuman kengashi deputatlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi va mehmonxonada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер