Toyloq tumanida fermer xoʻjaligi rahbarining firibgarligi fosh boʻldi

17:51 18 Iyul 2023 Jamiyat
550 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.Sh.» fermer xoʻjaligi rahbari Sh.Q. fuqaro O.Q. tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurib olingan savdo doʻkoniga goʻyoki tuman kadastr boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 2 000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlanib, Sh.Q. tomonidan 300 AQSH dollarini qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер