Toyloq tuman sudi raisi goʻyoki noqonuniy yoʻllar bilan xorijga chiqib ketganiga oid xabarlarga Sudyalar oliy kengashi rasmiy bayonot berdi
Ijtimoiy tarmoqdagi ayrim kanallarda “Ibratli sudya” mukofoti sohibi boʻlgan Toyloq tuman sudi raisi goʻyoki noqonuniy yoʻllar bilan xorijga chiqib ketganiga oid xabarlar tarqalmoqda.
Ayni paytda Toyloqda uchta – jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlari boʻyicha tuman va tumanlararo sudlari faoliyat koʻrsatmoqda. 2022-yil yakunlariga koʻra “Ibratli sudya” mukofotiga mazkur tuman (tumanlararo) sudi raisi emas, balki umuman boshqa - Payariq tumanlararo iqtisodiy sudning raisi (ayni paytda Samarqand viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi) B. Jurayev munosib deb topilgan.
Agar gap fuqarolik ishlari boʻyicha Toyloq tumanlararo sudining sobiq raisi J. Xamrayev haqida ketayotgan boʻlsa, u Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimidan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan. Uning keyingi faoliyati boʻyicha Kengash maʼlumotga ega emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring