Toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi
Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")
Senatorlar “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunini koʻrib chiqdi.
Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining 4 ta qonuni, 2 ta kodeksiga va va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-mayda qabul qilingan “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222–II-sonli Qarorining 1-ilovasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 9 ta moddadan iborat.
Unga koʻra, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yangi normalar bilan toʻldiriladi. Yaʼni, toʻylar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanadi.
Bundan tashqari, Hisob palatasi byudjet va smeta-shtat intizomini buzganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha Hisob palatasi vakolatlarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzish va uni maʼmuriy sudga yuborish masalasi koʻrilmoqda.
Shuningdek, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan yana bir oʻzgartirishga koʻra, huquqbuzar tomonidan jarima toʻlash muddati oʻn besh kundan oʻttiz kungacha uzaytirilmoqda. Jumladan, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim.
Munisxon KARIMOVA(“Xalq soʻzi”)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring