TIVda Ukraina Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2023-yil 28-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov Ukrainaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mikola Doroshenkoni qabul qildi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekiston-Ukraina ikki tomonlama hamkorligining turli sohalardagi dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish va Oʻzbekiston hududida qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring