TIVda Tojikiston Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev Tojikiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi.
Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.
Ikki va koʻp tomonlama shakllarda rejalashtirilgan muloqotlarga tayyorgarlik koʻrish masalalari koʻrib chiqildi.
Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, turli sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.
Ikki mamlakat hukumatlari, vazirliklari va hududlari oʻrtasida boʻlajak tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring