TIVda Qozogʻiston Elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2023-yilning 23-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmanov Qozogʻiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Beybut Atamqulov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat chogʻida Oʻzbekiston- Qozogʻiston hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar natijasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, hududlararo oʻzaro hamkorlik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida eʻtibor qaratildi.
Boʻlajak qoʻshma tadbirlarning jadvali, tashkiliy va mazmuniy jihatlari koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring