TIVda BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

22:56 07 May 2023 Siyosat
530 0

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Gʻayrat Fozilov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi (GMJKB) Siyosat tahlili va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi direktori Jan Lyuk Lemaye bilan uchrashdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va mazkur tuzilma oʻrtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar.

Afgʻoniston yoʻnalishidagi oʻzaro hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi. Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi Oʻzbekistonning Afgʻonistondagi vaziyatni tartibga solish, shuningdek, ushbu mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy tiklashga koʻmaklashish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholashi taʻkidlandi.

Tomonlar 2023-yil 4-mayda ochilgan Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy vakolatxonasi negizida Transmilliy tahdidlar boʻyicha axborot markazi tashkil etilganini olqishladilar.

J.Lemaye Oʻzbekiston tomoniga Markazni tashkil etishda koʻrsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Markazning asosiy maqsadi mintaqada giyohvand moddalar va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha vaziyatni maʻlumotlarni toʻplash va tahlil qilishning zamonaviy metodologiyalarini qoʻllash orqali monitoring qilish hisoblanadi.

2022-2025-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston va UNODC oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish doirasida tomonlarni qiziqtirgan sohalarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер