Tibbiyot niqoblari Tibbiy buyumlar roʻyxatidan chiqarildi

14:39 21 Mart 2020 Jamiyat
1847 0

Arxiv surat

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 20-martdagi 114-son “Tibbiy buyumlar roʻyxatiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Mamlakatimizda 2019-nCoV koronavirusining yangi turi tarqalishini oldini olish, respublika hududida qulay sanitariya-epidemiologik muhitni taʼminlash, aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish, shuningdek tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab qilinishini inobatga olgan holda tibbiyot niqoblari Tibbiy buyumlar roʻyxatidan chiqarildi.

Endilikda, tibbiy niqobni ishlab chiqarish, tayyorlash hamda uni realizatsiya qilish uchun litsenziya talab etilmaydi.

Shuningdek, tibbiy niqob amaliyotda koʻllash uchun davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi.

Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер