Tibbiyot muassasalarida joriy mavsumga tayyorgarlik ishlari yuzasidan kamchiliklar aniqlandi
Ijtimoiy soha obyektlarini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlashda mavjud muammolarni bartaraf qilish hamda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy holatlarni oldini olish maqsadida “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Namangan viloyatida oʻrganishlar olib borildi. Xususan:
Kosonsoy tumanidagi markaziy shifoxonada kabellari tartibsiz montaj qilingan 578-sonli transformatorda profilaktika ishlari oʻtkazilmaganligi aniqlandi.
Mingbuloq tumanidagi oilaviy shifokorlik punktida quvvati 100 kVA boʻlgan tuman elektr taʼminoti tasarrufidagi transformator joriy taʼmirlash ishlari bajarilmagan. Shuningdek, elektr qurilmalari elektrotexnik laboratoriya sinovidan oʻtkazilmaganligi maʼlum boʻldi.
Mingbuloq tumanidagi markaziy shifoxonada belgilangan rejaga koʻra 2 ta 400 kVA transformator punkti oʻrnatilishi kerak boʻlsada, ayni vaqtda 1 ta quvvati 400 kVA transformatori oʻrnatilgan boʻlib, 2-zaxira transformator oʻrnatilmaganligi aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan “Oʻzenergoinspeksiya” mutaxassislari tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli tashkilotlar masʼullariga koʻrsatmalar berilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring