Tibbiy malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirildi

11:46 12 Aprel 2022 Jamiyat
2741 0

Yurtimizdagi nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy oliy taʼlim muassasalarining klinik bazalarini tashkil etib, ularda shifokor va hamshiralar malakasini oshirish hamda qayta tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.

Bu tartib “Tibbiyotda xususiy sektor faoliyatiga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilandi.

Shuningdek, hujjatda malaka toifalarini berish boʻyicha ham soʻz borgan. Jumladan, malaka toifasi olish uchun talab etiladigan ish staji muddati qisqartirilib, toifasiz tibbiyot xodimlariga — 3 yil, birinchi toifa uchun — 5 yil, oliy toifa uchun — 7 yil etib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер