Tezkor! Chinozdagi neftbaza yonmoqda
30 daqiqa oldin Toshkent viloyatidagi “Paxta Neftbazasi”da 5 ming tonna sigʻimli yoqilgʻi sisternasi yonib ketdi. Bir necha daqiqada yongʻin sodir boʻlgan joyga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji yetib kelgan.
Vaziyat Favqulodda vaziyatlar vazirligining toʻliq nazorati ostida. Qutqaruvchilarning soʻzlariga koʻra, yongʻinni toʻliq bartaraf etish uchun taxminan 1 soat vaqt ketadi.
Ayni vaqtda qurbonlar toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring