Test sinovlari oʻtkaziladigan binolar roʻyxati eʼlon qilindi
Bilimni baholash agentligining rasmiy saytiga 2024/2025-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovi oʻtkaziladigan binolar boʻyicha maʼlumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi maʼlumotlar aks etgan:
- test sinovi oʻtkaziladigan hududning rasmi;
- hududga kirish joylari;
- test sinovi oʻtkaziladigan joy nomi;
- test sinovi oʻtkaziladigan joy manzili;
- bino raqami;
- test sinovi oʻtkaziladigan guruhlar;
- joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini oʻtkaziladigan binolar roʻyxati bilan quyidagi havola orqali (uzbmb.uz) tanishish mumkin.

Shuningdek, «Abituriyent ruxsatnomasi»da berilgan QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring