“Tesla” elektromobillari yoʻllarda toʻsatdan toʻxtab qolmoqda. AQSH hukumati ushbu holat yuzasidan tekshiruv boshladi

23:21 18 Fevral 2022 Dunyo
1239 0

Foto: Depositphotos

AQSH hukumati haydovchilarning “Tesla” elektromobillarining yoʻlda toʻsatdan toʻxtab qolishi haqidagi koʻplab shikoyatlarini tekshirishni boshladi

Qayd etilishicha, AQSH Milliy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi muammoni «fantom tormozlash» deb taʼriflaydi. Oʻtgan toʻqqiz oyda tashkilotga xuddi shunday nuqson koʻrsatilgan 354 ta murojaat kelib tushgan. Shu bois 2021 va 2022-yillarda ishlab chiqarilgan 416 mingga yaqin “Tesla Model 3» va ”Model Y” avtomobillarini tekshiruvdan oʻtkazish rejalashtirilgan.

Haydovchilarning fikricha, muammo “Autopilot“ tizimi tufayli yuzaga keladi. Funksiya kompyuterga haydash paytida tormozlash va boshqaruvning baʼzi elementlarini boshqarish imkonini beradi, lekin haydovchini toʻliq almashtirmaydi. Shunga qaramay, ”Tesla” haydovchilarga hushyor boʻlishni va mashinalarning harakatini kuzatishni maslahat beradi.

Hozircha toʻsatdan toʻxtab qolish oqibatida qurbon boʻlgan va halok boʻlganlar yoʻq. Shikoyatlarda avtomobilning yuqori tezlikda haydash paytida kutilmaganda tormozlanishini va tez-tez bir yoʻnalish davomida qayta-qayta tormozlanishini aks etgan. Haydovchilardan biri esa bu holat uning ortidan kelayotgan mashina bilan toʻqnashuvga olib kelganidan shikoyat qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер