"Tesla" 6 mingga yaqin avtomobilni qaytarib olmoqchi

20:10 30 Iyul 2021 Dunyo
1596 0

“Tesla” AQSHdagi 5 970 ta elektr transport vositasini qaytarib olmoqchi.

AP manbasining xabar berishicha, avtomobillarni qaytarib olishning asosiy sababi — bu transport vositalarining tormoz tizimidagi nosozlik hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu avtoulovlarning tormoz bosimi murvatlari yaxshi tortilmaganligi maʼlum boʻldi.

AQSH avtomobil yoʻllari harakati xavfsizligi milliy boshqarmasi  ham“Model 3” va ”Model Y" modellarida ana shunday nuqsonlar aniqlanganani tasdiqlagan. 

Shu yilning fevral oyida kompaniya AQSH boʻyicha 135 mingta “Model S“ va ”Model V” avtomobillarini qaytarib olgandi. Bu ularning sensorli ekranlarida uchragan kamchiliklar bilan izohlangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер