Termizda bir yoʻla uch egizak tugʻildi
“XALQ SOʻZI ONLINE”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Termiz shahrida istiqomat qiluvchi Umid Haydarov va Iroda Xoʻjamovalar bir yoʻla uch nafar farzandning ota-onasi boʻlishdi. Chaqaloqlarning ikki nafari qiz, bir nafari oʻgʻil, ularga Hasanboy, Fotima va Zuhra, deb ism qoʻyishdi. Shahar tibbiyot birlashmasining tugʻruq boʻlimida dunyo yuzini koʻrgan egizaklar hozirda shifokorlar nazoratida.
Umidjon va Irodaxonlar bugungacha ikki nafar farzandning ota-onasi boʻlgan. Uch nafar egizak esa ularning baxtini yanada toʻkis qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring