Termiz shahrida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha oʻquv seminarlari oʻtkazilmoqda

17:28 02 Fevral 2026 Siyosat
545 0

Termiz shahrida BMTning “Oʻzbekistonda yoshlar va bolalar uchun qulay mahalliy boshqaruvni inklyuziv tarzda rivojlantirish” loyihasi doirasida oʻquv seminarlari tashkil etildi.

Ularda xalq deputatlari Kengashi huzuridagi ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiya aʼzolari hamda yoshlar maslahat guruhlari ishtirok etmoqda.

Treninglarda Kengash huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi milliy modeli, uning maqsad va vazifalari haqida batafsil maʼlumot berildi. Shuningdek, yoshlar maslahati guruhlarining vakolatlari, huquq va majburiyatlari, ish faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan tajriba almashildi.

Oʻquv seminarlari davomida ishtirokchilar boshqaruv jarayonlarida yoshlar va bolalar ishtirokini oshirish boʻyicha xalqaro va milliy tajriba bilan tanishdi. Mahalliy boshqaruvdagi yoshlar maslahat tuzilmalari, ularning vakolat va funksiyalarini chuqurroq oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldi.

Bundan tashqari, byudjet jarayonida yoshlar ustuvorliklarini inobatga olish, tashabbusli byudjetlashtirish hamda davlat moliyasini va mahalliy moliyani boshqarish boʻyicha amaliy koʻnikmalar mustahkamlandi.

Treninglar yakunida ishtirokchilar guruhlarda ishlagan holda kelgusi 6 oyga moʻljallangan harakatlar rejasini ishlab chiqdi va uni taqdim etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер