Termiz shahri “Bogʻzor” mahallasida 2 mlrd. soʻmlik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi
Davlatimiz rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifida berilgan topshiriqlarga asosan Termiz shahridagi 37 mahalla infratuzilmasini rivojlantirish uchun 2 mlrd. soʻmdan jami 74 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan boʻlib, mahallalarda obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, dasturga asosan shaharning “Bogʻzor” mahallasida 220 metr beton qoplamali yoʻl, ichki koʻchaga 120 metr, asosiy koʻchaga 481 metr piyodalar yoʻlagi qurildi, ichimlik suv taʼminotini yaxshilash maqsadida 1 276 metr suv quvuri tortildi, 2 dona “Workout” maydonchasi tashkil etildi, koʻp qavatli uy-joylarning 3 tasida tom va 15 tasida fasad qismida taʼmirlash ishlari amalga oshirildi va 1 ta avtoturargoh tashkil etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring