“Terminator” koronavirusga qarshi emlandi

16:22 21 Yanvar 2021 Dunyo
989 0

Amerikalik aktyor Arnold Shvarsenegger koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi. 20-yanvar kuni aktyor oʻzining Instagram sahifasida shifokor unga vaksina yuborgan videoni joyladi. Bu haqda «Известия» telekanali xabar bermoqda.

Video kadrlarda aktyor mashinaning yoʻlovchilar oʻrindigʻida oʻtirgani va shifokor uni ochiq deraza orqali emlagani tasvirlangan. Shuningdek, video lavhada Shvarsenegger hech qachon navbat kutishdan bunchalik xursand boʻlmaganini taʼkidladi va barchani oʻzidan oʻrnak olishga chaqirdi.

"Agar yashashni istasangiz, men bilan birga boring!», deb eʼlon qildi u.

Biroq, koʻplab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aktyorning murojaatidan ilhomlanmagan. Baʼzilar emlashlar koʻchada amalga oshirilayotganiga hayron boʻlishdi. Kanadalik aktyor Jessi Rat postga bergan izohlarida hazil qilib, Kaliforniyaning sobiq gubernatorini Pfizenator deb nomladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер