TerDUda yangi inshootlar foydalanishga topshirildi

14:42 17 Oktyabr 2019 Jamiyat
1829 0

Surxondaryo viloyatidagi nufuzli oliy taʼlim muassasasi boʻlgan Termiz davlat universitetida ayni paytda 14 000 nafar talaba tahsil olmoqda. Joriy oʻquv yilidan boshlab universitetda 4 ta yangi fakultet ochilib, qabul qamrovi oshdi. Ulardan biri bu maktabgacha taʼlim fakulteti boʻlib, uning talabalari endilikda yangi oʻquv binosida taʼlim olishadi.

Mavjud bino qayta taʼmirlanib, taʼlim yoʻnalishiga mos qulay sharoitlar yaratildi. Bu yerda davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi xususiy maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi ham ish boshladi. Xususiy maktab va bogʻcha eng zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan boʻlib, mashgʻulotlar malakali mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Shuningdek, universitet professor-oʻqituvchilari uchun 64 xonadonli koʻp qavatli turar joy binosi ham qad rostladi.

Universitet qoshida tashkil etilgan bir necha xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabda professor-oʻqituvchilar va yaqin hududda yashovchi aholi farzandlari taʼlim olishadi. Maktabgacha taʼlim muassasasida esa fakultet talabalari amaliyot darslarini oʻtashadi.

Ayni paytda universitetning 400 oʻrinli talabalar turar joyi binosida soʻnggi pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер