“Temur tuzuklari” bilimdonlari aniqlandi

15:46 03 Aprel 2026 Jamiyat
298 0

Termiz shahrida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati kengashi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar oʻrtasida “Temur tuzuklari bilimdoni” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan ushbu bellashuvda harbiy xizmatchilardan iborat 6 ta jamoa vakillari ishtirok etib, Temur tuzuklari asari boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazdilar.

Ishtirokchilar Temur tuzuklarida ilgari surilgan davlat boshqaruvi, adolat, harbiy intizom, vatanparvarlik va yoshlar tarbiyasiga oid gʻoyalar asosida Amir Temur merosining bugungi kunda ham dolzarb ekanini chuqur angladilar.

Yakunda birinchi oʻrin Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Bojxonachilar” jamoasiga nasib etdi. Ikkinchi oʻrinni DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining “Lochinlar” va uchinchi oʻrinni mudofaa vazirligi qoʻmondonligining “Temur izdoshlari” jamoasi qoʻlga kiritdi.

Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер