Temirchilik sanoat zonasi ochiladi

12:41 23 Yanvar 2024 Jamiyat
424 0

Buvayda tumanining “Dehqonobod” mahalla fuqarolar yigʻini hududida barpo etilayotgan temirchilik sanoat zonasiga tamal toshi qoʻyildi.

Taʼkidlash joiz, ushbu yoʻnalish mahalla drayveri sifatida belgilangan boʻlib, bugungi kunda hududdagi 1 ming 300 nafardan ziyod aholi temirchilik bilan shugʻullanadi. Ayni paytda aholi xonadonlarida tayyorlanayotgan uy-roʻzgʻor, qishloq xoʻjaligi va qurilish mahsulotlari mamlakatimizning barcha hududlarida xaridorgir hisoblanadi.

Dehqonobodliklarning tadbirkorlik faoliyatini zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirish maqsadida hududda shaharsozlik meʼmorchiligi anʼanalari boʻyicha 7 gektar maydonda temirchilik sanoat zonasi tashkil etishga kirishildi.

— Istiqbolli loyihalar doirasida 6 million dollarlik investitsiya kiritilishi evaziga sanoat zonasida 150 ga yaqin ishlab chiqarish obyekti hamda 30 ta savdo doʻkoni ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda, — deydi “Dehqonobod” MFY hokim yordamchisi Shohabbos Sobirjonov. — Buning samarasi sifatida sanoat zonasida 1100 ta yangi ish oʻrni yaratilishi maqsad qilingan. Yiliga 110 milliard soʻmlikdan ortiq 100 turdagi qurilish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beruvchi sanoat zonasida bunyodkorlik ishlarini joriy yilning uchinchi choragida yakunlash koʻzda tutilgan.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер