Temir yoʻldan oʻtayotganda hushyorlik talab etiladi
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz temir yoʻl tarmogʻida elektrlashtirish borasida juda katta ishlar amalga oshirildi. Buning samarasi oʻlaroq hozirgi kunda yuk va yoʻlovchi poyezdlarini zamonaviy elektrovozlar orqali tortib oʻz manziliga yetkazib qoʻyilmoqda.
Bundan tashqari, yurtimizga olib kelingan “Afrosiyob” zamonaviy elektropoyezdlarining soni 6 ta yetdi. Bularning bari xalqimizning uzogʻini yaqin qilish, turmush farovonligini yanada oshirish maqsadida qilinmoqda.
Ana shunday ulkan ishlar qilinayotgan bir paytda temiryoʻldan oʻtishda ayrim fuqarolarimiz tomonidan eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻyilishi yoki yuqorida kontak tarmogʻi boʻlishiga qaramasdan temir yoʻl hududida vagon ustiga chiqishi natijasida baxtsiz hodisalar kuzatilmoqda.
Joriy yil 19-dekabr kuni tungi soat 00:32 larda Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Oqqovoq” stansiyasining 21- kilometrida, IIV akademik litseyining 3-kurs talabasi turgan vagon ustiga chiqqan. Natijada yigitni elektr toki urishi oqibatida u voqea joyida vafot etgan.
Yurtdoshlarimizdan temir yoʻl hududidan oʻtayotganda belgilangan joylardan, qoidaga rioya qilgan holda oʻtishlarini, bundan tashqari vagonlarning ustiga chiqishga umuman yoʻl qoʻymasliklarini, temir yoʻl hududiga kelganda doimo hushyor boʻlishlari soʻraladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring