Temir yoʻl relslari sovuqdan yorilgan – Yevropada sovuq havo rekord darajaga yetdi

16:20 19 Yanvar 2021 Dunyo
1288 0

Bir qator Yevropa mamlakatlarida havo rekord darajada sovib ketdi. Bu haqda “Associated Press” xabar bermoqda.

Sovuq tufayli transport harakati toʻxtagan. Yoʻl-transport hodisalari soni ham koʻpaygan.

Misol uchun, Polshada 11 yil ichida birinchi marta havo harorati -28 darajadan pastga tushdi. Varshavada temir yoʻl relslari sovuqdan yorildi. Bu esa poyezdlar harakatining kechikishiga olib keldi.

Chexiya Respublikasining koʻplab mintaqalarida harorat -20 darajagacha sovuqlashdi. Mahalliy sinoptiklarning fikriga koʻra, 18-yanvarga oʻtar kechasi Chexiya aholisi uchun yilning eng sovuq kuni boʻldi.

Germaniya va Shveysariyani qor qopladi. Germaniya yoʻllarida qutqaruvchilar qulagan daraxtlarni tozalashmoqda. Mamlakatda yoʻl-transport hodisalari soni sezilarli darajada oshdi.

Shuningdek, Turkiyada gʻayritabiiy qor yogʻishi qayd etildi. Istanbulda transport harakati toʻxtab qolgan.

Oʻtgan hafta Ispaniyada rekord darajadagi sovuq harorat kuzatildi. Ikkita viloyatda harorat -20 darajadan pastga tushdi. Valensiya, Barselona, Sevilya, Mursiyada ham sovuq ob-havo qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер