Temir yoʻl kesishmasida “Cobalt” yoʻlovchi poyezdi bilan toʻqnashib ketdi

17:57 08 Yanvar 2022 Jamiyat
1445 0

Foto: “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ

Joriy yilning 7-yanvar kuni soat 18:18 da Хonqa – Bogʻot temir yoʻl kesishmasida poyezd “Cobalt” rusumli avtomobil bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchi poyezdi harakati vaqtida Xiva – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha harakatlanayotgan “Cobalt” haydovchisi taqiqlovchi belgiga qaramay, temir yoʻl kesishmasiga qarab harakatlangan va shundan soʻng poyezd bilan toʻqnashib ketgan. Hodisa oqibatida haydovchi kasalxonaga yotqizilgan.

Poyezd shikastlangan. Uni taʼmirlash uchun maxsus texnika chaqirilgan.

Natijada soat 19:15 da poyezd yoʻlga chiqib, yoʻlovchilarni manziliga yetkazgan. Poyezdning kechikishi deyarli bir soatga choʻzilgan.

Hozirda hodisa yuzasidan huquq-tartibot idoralari va boshqa tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер