“Temir daftar”ga kiritilgan oilada toʻy boʻldi
Hududlarda kam taʼminlangan, ehtiyojmand, koʻmakka muhtoj oilalarni qoʻllab-quvvatlash ishlari davom etmoqda. Xoʻjaobod tumanidagi “Karnaychi” mahallasida istiqomat qiluvchi Shahnozaxon Nishonboyevaga ham yangi turar joy qurib berildi.

— Boquvchimiz yoʻqligi bois 3 nafar farzandimni oʻzim katta qilyapman,-deydi uy sohibasi Shahnozaxon Nishonboyeva. — Mahalliy hokimlik tomonidan moddiy va maʼnaviy yordam berib turilibdi. Eʼtibor va eʼzozdan minnatdorman!
Oila aʼzolarining yangi uyga koʻchib oʻtishi qoʻshaloq bayramga aylandi. Boisi shu kuni uchchala farzandning sunnat toʻyi ham boʻlib oʻtdi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi” muxbiri.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring