“Telegram”da yangi platforma ishga tushirildi

01:51 27 Oktyabr 2021 Dunyo
1472 0

Foto: Keystone Press Agency

“Telegram” messenjeri reklama platformasini ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya tomonidan maʼlum qilindi.

Taʼkidlashicha, messenjer reklamalari 1000 dan ortiq obunachiga ega boʻlgan yirik ommaviy kanallarda ishlaydi. Reklama matnida koʻpi bilan 160 ta belgi boʻlishi lozim.

Shuningdek, reklamalar mazmuni faqat ular koʻrsatiladigan kanallar mavzulariga asoslanadi. Bu shuni anglatadiki, “Telegram” kanaliga tashrif buyurgan har bir kishiga bir xil xabar koʻrsatiladi. Shu bilan birga, foydalanuvchi maʼlumotlari tahlil qilinmaydi.

Avvalroq “Telegram” asoschisi Pavel Durov messenjerda reklama xabarlarini joylashtirish mexanizmini haqida gapirgan edi. Uning taʼkidlashicha, ilova foydalanuvchilarining aksariyati yangilikni deyarli sezmaydilar.

Durovning soʻzlariga koʻra, “Telegram”dagi chatlar, shaxsiy suhbatlar yoki guruhlarda reklama koʻrsatilmaydi. Shuningdek, reklamalarni koʻrsatishda shaxsiy maʼlumotlardan foydalanilmaydi. Chunki kompaniya uchun foydalanuvchi maxfiyligi birinchi oʻrinda turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер