“Telegram” messenjerida sodir etilgan yana bir firibgarlik jinoyati fosh etildi

14:45 02 Yanvar 2024 Jamiyat
379 0

Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi 36 yoshli A.R. (erkak) ariza bilan murojaat qilib, “Telegram” messenjeridagi “Arzon narxlarda telefonlar” nomli guruhning admini tomonidan aldov yoʻli bilan 900.000 soʻm pullari talon-toroj qilinganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik boʻlinmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Namangan viloyati, Namangan shahrida yashovchi 26 yoshli I.A. sodir etganligi aniqlandi.

Unga koʻra, A.R. “Telegram” messenjeri orqali I.A. dan “Iphone XS” nomli telefon sotib olish maqsadida, oldindan uning plastik kartasiga 900.000 soʻm miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻtkazib bergan, biroq I.A. bergan vaʼdasini bajarmay, pul mablagʻlarini oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, I.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b,g” bandlaridagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер