Oʻzbekistonda va boshqa davlatlarda Telegram ishlamay qoldi
Telegramʻdagi nosozliklar, uzilishlar Oʻzbekiston (asosan Toshkentda), Italiya, Fransiya, Belarus Respublikasi, Polsha, Ispaniya, Eron, Germaniya, Latviya, Rossiya, va boshqa mamlakatlarida kuzatildi.
“Telegram” messenjeri maʼmuriyati chorshanba kuni sodir boʻlgan Yevropa va Yaqin Sharqdagi uzilishlarni bartaraf etish ustida ish olib borayotganini maʼlum qildi.
“Bizning baʼzi foydalanuvchilarimiz, xususan Yevropa va Yaqin Sharqda, hozirda ulanish muammosi mavjud. Biz onlayn ravishda qayta tiklashga harakat qilmoqdamiz. Iltimos, kuting va noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, deyiladi messenjer maʼmuriyati tomonidan berilgan izohda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring