Telegram Google Play'dan oʻchirib yuborilishi mumkin

14:48 26 Yanvar 2021 Dunyo
993 0

AQSHning sobiq elchisi Mark Ginsberg Alphabet Inc kompaniyasini sudga berdi. U Telegram messenjer dasturini Google Play internet doʻkonidan olib tashlashni talab qilmoqda. Elchining soʻzlariga koʻra, Telegram zoʻravonlik, ekstremizm va antisemitizmni targʻib qilish uchun judayam qulay.

Telegram asoschisi Pavel Durov Kapitoliydagi gʻalayondan keyin kompaniya moderatorlari yuzlab postlarni olib tashlaganini va zoʻravonlikka chaqiruvlarga yoʻl qoʻyilmasligini aytdi.

Shuningdek, Telegram noqonuniy moddalarni sotish uchun asosiy platforma boʻlib xizmat qilayotgani ham qoʻshimcha qilindi.

Millati yahudiy, Isroilda tarbiya topgan Ginsberg sud daʼvolarida diniy eʼtiqodi tufayli unga ikki marta suiqasd uyushtirilganligini aytmoqda. Sudda daʼvogar sifatida koʻrsatilgan uning “Xavfsiz veb-sayt uchun koalitsiya” tashkiloti ijtimoiy tarmoqning olib tashlanishi, antisemitizm va ekstremistik guruhlar targʻiboti kamayishiga katta taʼsir etishini aytmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер