Tekinga anor bormi?
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida yashovchi fuqaro T.Abdullayev tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 raqami orqali murojaat kelib tushdi. Unda isteʼmolchi oʻz tomorqasida yetishtirgan anor hosilini S.Qilichevga 23.392.800 (yigirma uch million uch yuz toʻqson ikki sing sakkiz yuz) soʻm evaziga sotadi. Tadbirkor oldindan 4 million soʻm pul bergan va qolgan pulni keyin berishini aytgan. Ammo oradan ancha vaqt oʻtsa hamki puldan darak boʻlmaganini aytib oʻtgan. Isteʼmolchi T.Abdullayev xaridorga bir necha marotaba pulni soʻrab murojaat qilgan boʻlsada, turli bahonalar orqali pulni bermaganini aytib oʻtgan.
Holat yuzasidan olib borilgan oʻrganishlar natijasida qolgan 19392800 soʻm puldan 17000000 soʻm qismi fuqaroga olib beriladi. Shuningdek xaridor xarid haqqining qolgan qismini ham tez orada qaytarishini aytdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring