Texnikumlarni tamomlagan bitiruvchilarni OTMlarga suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi
Texnikumni muvaffaqiyatli tugatgannlar texnikumdagi butun oʻqish davrida oʻquv semestrlari yakuniga koʻra oʻzlashtirish baholari 5 va 4 biroq oʻzlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot OTM uchun kamida 85 foizi) 5 boʻlgan bitiruvchilargina suhbat orqali OTMning 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun nizom ishlab chiqildi.
Mazkur tartib 2021-2022 oʻquv yilidan, bitiruvchi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil davomida amal qiladi.
Yuqorida aytib oʻtilgan toifaga kirmaydigan hamda texnikumni bitirganiga ikki yildan oshganlar oʻqishga kirish istagini bildirganlar OTMning bakalavriat yoʻnalishlariga oʻqishga qabul qilish hamma uchun umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ushbu Nizom:
oliy harbiy taʼlim muassasalariga;
Toshkent davlat yuridik universitetiga hamda Oʻzbekistonda faoliyat olib borayotgan xorijiy va nodavlat OTM hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring