Texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasdan elektr energiyasidan foydalanayotgan isteʼmolchiga tushintirish berildi

18:18 24 Noyabr 2023 Jamiyat
381 0

“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida isteʼmolchilar bilan elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi, noqonuniy ulanishlarni oldini olish boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazildi.

Jumladan, oʻrganish jarayonida Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan “M. L.” MCHJda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilmasdan elektr energiyasidan foydalanayotganligi maʼlum boʻldi.

Mazkur holat ish faoliyati davomida texnika xafsizligi, nafaqat isteʼmolchining elektr qurilmalarida, balkim tarmoqda ham ortiqcha yuklamalar va avariyaviy holatlarni keltirib chiqarish xavfi mavjudligi yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi va uning bajarilishi nazoratga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер