“Tech4Good” musobaqasi final bosqichida oʻzbekistonlik yoshlar ham ishtirok etadi
Shu yilning 11-yanvar kuni boʻlib oʻtadigan “Tech4Good” musobaqasining global final bosqichida oʻzbekistonlik yoshlarning ham ishtirok etayotgani meni juda quvontirdi.
Bu musobaqada Oʻzbekistonning “Techno Mind” jamoasi “Aquatibia” loyihasi bilan qatnashmoqda, ular orasida “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalari Zulfiya Usmonova va Otabek Atabayev ham bor.
Finalda, shuningdek, Jazoir, Singapur, Italiya, Chili, BAA, Kolumbiya, Germaniya, Braziliya va Namibiya jamoalari ham ishtirok etishadi.
Mazkur bosqichda gʻolib boʻlgan jamoalar katta miqdordagi pul mukofotlari, esdalik sovrinlar hamda oʻz startap gʻoyalarini rivojlantirish uchun 100 ming dollar grant bilan taqdirlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring