TDYUUning yangi logotipi yaratildi

19:23 04 Fevral 2021 Jamiyat
1043 0

Mazkur logotipni yaratishda koʻplab taniqli dizaynerlar, universitet professor-oʻqituvchilari va talabalarining gʻoyalari, takliflari va fikrlaridan foydalanildi. 

Koʻplab ijodkorlar universitet logotipi uchun oʻz ijodiy ishlarini taqdim etdi. Nihoyat, universitet tomonidan ular orasidan eng kreativ, qiziqarli va zamonaviy logotip tanlandi.

Yangi logotip ikki qism: emblema va yozuvdan iborat.

Logotipning emblema qismi qalqon shakliga keltirilgan “TSUL” (Tashkent state university of law) yozuvini ifodalaydi. Shu bilan birga qalqonning tepa qismida ochilgan kitobning tasviri tushirilgan boʻlib, u ushbu logotip taʼlim muassasasiga tegishli ekanini ifodalaydi.

Keyingi qismda esa, universitetning rasmiy nomi, yaʼni “TOSHKENT DAVLAT YURIDIK UNIVERSITETI” yozuvi aks etgan.

Yangi logotipning bazaviy rangi koʻk boʻlib, uni zaruratga qarab oʻzgartirish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер