TDPUning yangi binosi foydalanishga topshirildi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida faoliyat olib borayotgan professor – oʻqituvchilar va tahsil olayotgan talaba-yoshlarga keng imkoniyatlar, qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida universitetning moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilish, yangi oʻquv binolari va talabalar turar joylarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish hamda jihozlash, shuningdek, laboratoriyalarni zamonaviy oʻquv-ilmiy uskunalar bilan jihozlash ishlari amalga oshirilgan.



2023-2024 oʻquv yilida Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida joylashgan Oʻzbek tili va adabiyoti va Musiqa taʼlimi fakultetlari uchun 800 oʻringa moʻljallangan oʻquv binosi kapital rekonstruksiya qilindi va topshirildi. Oʻquv bino 4-qavatdan iborat boʻlib zamonaviy jihozlangan oʻquv auditoriyalari, maʼruzalar zali, maʼnaviyat xonasi, kompyuter xonasi, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar zali, kutubxona, oshxona va shu kabi bir qator qulayliklar bilan toʻliq taʼminlangan.

Oʻquv binoning ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Umarova Hilola Oʻktamovna,Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Karimov Komiljon Hamidovich, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Qirgʻizboyev Abdugʻaffor Karimjonovich hamda professor-oʻqituvchilari, fakultet dekanlari, dekan muovinlari, kafedra mudirlari, boʻlim boshliqlari va ishchi xodimlari ishtirok etishdi.


Yangi oʻquv-binolari ochilish marosimida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Umarova Hilola Oʻktamovna soʻzga chiqib barchani yangi oʻquv yili bilan bilan tabriklab yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlarga toʻxtalib oʻtdi.

Unda soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Karimov Komiljon Hamidovich ham soʻz chiqib talaba-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlarga alohida urgʻu berib oʻtdi.

Rasmiy ochilish marosimidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Umarova Hilola Oʻktamovna oʻquv-binoda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, va bevosita jarayonlarni koʻzdan kechirdi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring