Tataristonlik shifokorlar ishtirokida qiziloʻngachga oʻtib qolgan tish protezi olib tashlandi
Joriy yilning oktabr oyida Qozon shahrida oʻtkazilgan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi hududlararo hamkorlikning III forumida ikki mamlakat sogʻliqni saqlash vazirliklari oʻrtasida erishilgan kelishuvga muvofiq Sirdaryo viloyatiga tataristonlik travmatolog, ortoped va torakal jarrohlari kelishdi.
Rossiyalik mutaxassislar ishtirokida aholi uchun tibbiy koʻriklar tashkil qilindi hamda mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikdagi bir nechta anʼanaviy ochiq, shuningdek, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari muvaffaqiyatli oʻtkazildi.

Jumladan, 2002-yilda tugʻilgan, Sardoba tumanida yashovchi bemorning qiziloʻngach yuqori oʻchligiga oʻtib qolgan va besh oy davomida saqlanib kelayotgan tish protezi, yaʼni yot jism ochiq jarrohlik amaliyoti jarayonida olib tashlandi.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring