Tataristondagi yongʻinda halok boʻlgan oʻzbekistonliklar shaxsiga aniqlik kiritildi
Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi Tataristondagi yongʻinda halok boʻlgan 5 nafar oʻzbekistonlik boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Konsulxona xabariga koʻra, yongʻin 24-dekabr ertalab soat 3:00 larda Tatariston Respublikasida Yelabuga munitsipal tumanida joylashgan “MIR” chorvachilik fermasining inshootida sodir boʻlgan.
Yongʻin oqibatida 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi (1976-yilda tugʻilgan A.B., 1965-yilda tugʻilgan X.X., 1970-yilda tugʻilgan J.U., 1995-yilda tugʻilgan B.N. va 2002-yilda tugʻilgan S.D.) halok boʻlgan.
Taʼkidlanishicha, ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, tezkor ravishda Bosh konsulxona diplomatlari voqea joyiga safarbar etilgan. Hozirda halok boʻlganlarning jasadlarni Vatanga qaytarish choralar koʻrilmoqda.
“Mazkur tadbirlarni amalga oshirishda Tatariston Respublikasi rahbariyati va vakolatli organlar tomonidan amaliy yordam va koʻmak koʻrsatilmoqda”, deyiladi konsulxona xabarida.
Oʻzbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari bilan quyidagi telefon raqamlari orqali bogʻlanish mumkin: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring